Mamlakatimiz yoshlari suzish bo‘yicha bellashdi
Xorazm viloyatida suzish bo‘yicha turli yosh toifasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 250 nafar sportchi ishtirok etdi.
Chempionatning batterflyay usulda 200 metr masofaga suzish bahslarida Laziza Yo‘ldosheva hamda Husan Zamixullayev, 1500 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha Mirziyo Mahmudov va Imona Ismoilovaga o‘z yosh toifalarida teng keladigani topilmadi. 11 yosh va undan kichik bo‘lgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasidagi chalqancha suzish bahslarida 200 metr masofada Ropan Petrovnin va Bernora Davlatova mamlakat chempioniga aylandi.

Shuningdek, 200 metrga brass usulda suzish bo‘yicha qizlar bahsida Asalxon Muqimova, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Hasan Zamixullayev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA