Mamlakat kubogi sohiblari sharaflandi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan “Nasaf” futbol klubi Qarshi shahrida tantanali kutib olindi.
Jamoa murabbiylari va futbolchilari maxsus avtobusda kubokni baland tutgan holda Qarshi shahri bo‘ylab harakatlandi.
“Markaziy” o‘yingohda jamoa g‘alabasi sharafiga tashkil etilgan tadbirga 2000 dan ortiq muxlis tashrif buyurdi.
Viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov futbolchilarni qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan samimiy qutlab, ularga kelgusi faoliyatida yanada ulkan yutuqlar tiladi.
Jamshid NORQOBILOV(surat), O‘zA