Malida portlash. Qurbonlar 9 kishi
Afrika qit’asidagi Mali davlati markaziy qismida, Sevare shahrida portlash yuz berdi. Hodisa natijasida kamida 9 inson nobud bo‘lgan, 60 odam jarohat olgan, 20 ta bino qulagan. Bu haqda “Reyter” agentligi mahalliy hokimiyat xabariga tayanib.
– Falokat yaqin atrofdagi 20 uyni vayron qildi, – dedi mintaqa gubernatori Yakub Mayga. – Halok bo‘lgan va yaralanganlarning barchasi oddiy aholi vakillari.
Qayd etilishicha, portlash uch bor kuzatilgan.
G‘.Xonnazarov