Maktabgaça taʼlim qamrovi 92,7 foizga yetdi
Guliston tumanida maktabgaça yoşdagi bolalarni taʼlim-tarbiya jarayoniga jalb etiş, qamrov darajasini oşiriş va nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarmoğini kengaytiriş borasida muayyan natijalarga erişilmoqda. Ayni paytda tumandagi 3-7 yoşli bolalarning 92,7 foizi maktabgaça taʼlim bilan qamrab olingan.
Bu haqda Guliston tumani Taʼlim va ilm-fan bölimi tomonidan mazkur yönalişda amalga oşirilayotgan işlar, erişilgan natijalar va istiqboldagi vazifalarga bağişlab taşkil etilgan matbuot anjumanida maʼlumot berildi.

Bölim rahbari Dilmurod Qodirqulovning maʼlum qilişiça, ayni paytda tumanda jami 151 ta maktabgaça taʼlim taşkiloti faoliyat yuritmoqda. Ularning 20 tasi davlat, 7 tasi davlat-xususiy şeriklik asosidagi hamda 124 tasi oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlaridir.
2026-yil noyabr oyi holatiga köra, tumandagi 3-7 yoşli 7 721 nafar bolaning 7 157 nafari maktabgaça taʼlim bilan qamrab olingan. Bu umumiy qamrov darajasi 92,7 foizni taşkil etayotganini anglatadi.
Qamrov körsatkiçlarida nodavlat sektorning ham salmoqli uluşi bor. Jumladan, davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida 2 677 nafar, oilaviy nodavlat taşkilotlarda 3 891 nafar, davlat-xususiy şeriklik asosidagi taşkilotlarda esa 589 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Eʼtiborlisi, IV çorak uçun belgilangan 90,8 foizlik qamrov rejasi 1,9 foiz bandga ortiği bilan bajarilgan. Olti yoşli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlariga jalb etişda ham belgilangan vazifalar töliq uddalangan. Reja asosida 1 794 nafar bolani qamrab oliş közda tutilgan bölsa, amalda 1 806 nafar bola jalb etilib, qamrov 100 foizga yetkazilgan.

Tumanda maktabgaça taʼlim tizimida xususiy taşabbuslarni rağbatlantiriş, tadbirkorlik subʼektlari uçun qulay şart-şaroit yaratiş orqali yangi taʼlim maskanlarini taşkil etişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, 2026-yilning I va III çoraklarida Özbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi tomonidan 14 nafar tadbirkor bilan oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarini taşkil etiş böyiça jami 490 öringa möljallangan bitimlar imzolangan.
Şuningdek, tumanda faoliyat yuritayotgan 15 nafar yakka tartibdagi tadbirkor bilan oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyatini davom ettiriş, ularning amal qiliş muddatini uzaytiriş va quvvatini oşiriş yuzasidan qöşimça bitimlar rasmiylaştirilgan.
Yangi taʼlim maskanlarining işga tuşirilişi esa qamrovni kengaytirişda muhim omil bölmoqda. Jumladan, joriy yilning fevral oyida Mevazor mahallasida «Bolalik quvonçi», avgust oyida Alişer Navoiy mahallasida «Kiçkintoy bola» maktabgaça taʼlim taşkilotlari negizida davlat-xususiy şeriklik asosida jami 210 örinli yangi muassasalar faoliyati yölga qöyilgan.
Matbuot anjumanida jurnalistlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga murojaat qilib, maktabgaça taʼlim qamrovini yanada oşiriş, nodavlat taşkilotlar faoliyatini qöllab-quvvatlaş va bolalarni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlaş masalalari yuzasidan atrofliça maʼlumot oldilar.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri