Maktabdagi otishma, zaharli alkogol va Oy atrofidagi janglar
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Filippindagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida o‘quvchilar halok bo‘lgani, Bashar Asad davrida qamoqxonani boshqargan amaldorning AQSHda 60 yilga qamalishi, Nigeriyada tarkibida metanol bo‘lishi mumkin bo‘lgan alkogolni iste’mol qilgan 48 kishining vafot etgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Polsha bosh vaziri Donald Tuskning Rossiya NATO davlatlariga dron va raketalar orqali hujum uyushtirishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishi, Meksikada futbol uchrashuvi vaqtida yuz bergan otishmada bir kishining halok bo‘lishi hamda AQSH harbiylari Oy atrofida yuz berishi mumkin bo‘lgan jangovor harakatlarga tayyorgarlik ko‘rishi kerakligi haqidagi bayonotlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, O‘zA