Mahmud Abbos Xitoyga minnatdorlik bildirdi
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Moskvada Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashib, xalqaro forumlarda Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlagani uchun Xitoyga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda WAFA agentligi yozgan.
Suhbat chog‘ida Abbos ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va mustahkam tarixiy aloqalar ahamiyatini ta’kidlagan. Shuningdek, Xitoyning xalqaro tashkilotlar doirasida Falastinni izchil qo‘llab-quvvatlashi yuksak qadrlanishini bildirgan.
Mahmud Abbos Moskvaga tashrifi chog‘ida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazishi, yana bir necha davlat rahbari bilan uchrashishi kutilyapti.
M.Pirmatova, O‘zA