Mahalliy sharoitga moslashgan tuyaqushlar
Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi «STRAUS FARM» O‘zbekiston – Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasida mahalliy sharoitda tuyaqush parvarishlanmoqda.
Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi «STRAUS FARM» O‘zbekiston – Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasida mahalliy sharoitda tuyaqush parvarishlanmoqda.Tuyaqush go‘shti jahon oziq-ovqat bozorida mazali, parhezbop mahsulot sifatida qadrlanadi. Ayniqsa, uning yog‘i va tuxumi g‘oyat shifobaxsh. Terisidan qimmatbaho kiyimlar, qo‘lqop, poyabzal, hamyon va sumkalar tikilsa, tirnog‘idan brilliant va olmosni tozalaydigan kukun, patidan esa par yostiq tayyorlanadi. Shuningdek, yumshoq mebellarni qoplashda qimmatbaho xomashyo sifatida foydalaniladi.
– 2016-yilda Afrikadan 30 bosh tuyaqush keltirib, korxona faoliyatini boshlaganmiz, - deydi korxona ish boshqaruvchisi Hasan Ahmadjonov. – Ayni paytda 200 boshga yetgan tuyaqush parvarishi bilan 10 nafar mutaxassis shug‘ullanmoqda. Yangi ishga tushirilgan inkubatsiya seximizda 60 dan ziyod tuyaqush polaponi boqilmoqda.