Mahallamiz obodligiga hissa qo‘shaylik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi hamda 21 avgust — umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni etib belgilandi.
“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ushbu xayrli tashabbus doirasida mahallalar, aholi yashash xonadonlari, ko‘p qavatli uy atroflari, guzar va xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar, ko‘cha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz yashovchi hamda nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari yaxshilanib, uy-joylarini ta’mirlashga ko‘maklashiladi.
Qadrli yurtdoshlar! Barchangizdan ushbu ezgulik harakati — obodonlashtirish oyligi hamda umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishingizni so‘raymiz! Shuningdek, sanitariya-epidemoligik hamda turli xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz, deyiladi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xabarida.
N.Usmonova, O‘zA