“Mahallam bekalari” gimnastrada g‘olibi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi!” shiori ostida gimnastrada bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda korxona va tashkilotlarda ishlovchi, shuningdek, 25 yoshdan katta bo‘lgan uy bekalari va faol ayollar o‘zaro bahslashdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi!” shiori ostida gimnastrada bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda korxona va tashkilotlarda ishlovchi, shuningdek, 25 yoshdan katta bo‘lgan uy bekalari va faol ayollar o‘zaro bahslashdi.Sog‘lom ona va bola yili munosabati tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida sport, xususan, xotin-qizlar sportini rivojlantirish, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, oilalarda sportga qiziqishni yanada oshirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
– Bugungi tadbir haqiqiy sport bayramiga aylandi, – deydi tuman hokimligi bosh mutaxassisi Indira Mambetnazarova. – Asosiy maqsadimiz oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, onalarning salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini, xalqimizning hayot sifatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga hissa qo‘shishdir.
Bo‘ston shahrining “Mahallam bekalari” jamoasi birinchi o‘rinni, Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasining “Barchinoy” jamoasi ikkinchi, Bo‘ston ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining “Bo‘ston malikalari” va Ellikqal’a tibbiyot kollejining “To‘maris” jamoalari uchinchi o‘rinni egalladi.
Yoshlar o‘rtasida gimnastrada bo‘yicha mamlakat chempioni – “Nafosat malikalari” jamoasining chiqishlari tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.