Mahallada stol tennisi musobaqasi
Poytaxtimizning Mirobod tumanida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan 9-14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizning Mirobod tumanida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan 9-14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Unda Olmazor, Chinor, Yangi Qo‘yliq, Do‘stlik, Baynalmilal kabi mahallalardan 60 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz o‘zaro bellashdi. Keskin va murosasiz kechgan bahslarda Olmazor mahallasi yosh tennischilari tengdoshlaridan ustun kelib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.