Mahallada sport ommaviylashmoqda (+video)
Aholining keng qatlamlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlash, sog‘lom hayotga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish Mahallalar uyushmasi Qo‘qon shahar bo‘limining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qoldi. Ular shahar hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazayotgan sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarida minglab yoshlar ishtirok etmoqda.
Xususan, Amir Temur mahallasida tashkil etilgan musobaqalarda aholi futbol, voleybol, basketbol, shaxmat- shashka bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etdi, velopoyga va masofaga ommaviy yugurish marafonida qatnashdi.


– Sport mahalla faoliyatida katta o‘rin egallaydi. Ayniqsa, dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish uchun sportning barcha turlariga qatnashishga imkoniyatlar yaratilgan, – deydi Amir Temur mahallasi yoshlar yetakchisi Barno Sultonova.
Musobaqa g‘oliblariga Mahallalar uyushmasi shahar bo‘limi tomonidan kubok va faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qgHLCqB9FZs" title="Mahallada sport ommaviylashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, O‘zA muxbiri