Mahallada sport maydoni ochildi
Buxoro viloyati Peshku tumani “Qoraqalpoq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi qoraqalpoqlik yosh sportsevarlarning orzusi ushaldi. Chekka mahallada alohida yer maydoni ajratilib, 90x45 o‘lchamdagi stadion va sun’iy qoplamali futzal maydoni barpo qilindi.
E’tiborlisi, bu loyiha ro‘yobi qoraqalpog‘istonlik aholining yakdil tashabbusi mahsulidir. Xususan, “Open budjet” loyihaci doirasida 125 ta tashabbus ichidan 2434 ta ovoz yig‘ib, g‘oliblar qatorida e’tirof etilganidir. Mazkur tashabbusga muvofiq, sport inshooti uchun 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratildi va qurilish ishlari sifatli bajarildi.
Inshootni foydalanishga topshirish tadbirida tuman hokimligi, ma’muriy sektor rahbarlari, jamoatchilik vakillari, mahalla faollari ishtirok etdi. Yoshlarga yangi imkoniyat va qulayliklar uchun xayrli ish boshida turgan mutasaddilarga minnatdorlik bildirilib, bayram dasturxon yozildi.





Zarif Komilov, O‘zA muxbiri