Mahalla yoshlari qo‘llab-quvvatlanmoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning puxta bilim olishi, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng-ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Mirzo Ulug‘bek, Mustaqillik, Mustaqillikning 15 yilligi mahallalarida istiqomat qiluvchi, o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi. Ularning yashash sharoitlari bilan tanishdi, muammo, taklif va tashabbuslarini eshitdi.
Universitet rektori mahalla yoshlari bilan muloqotda ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, hayotda o‘z o‘rinlarini topish, qiziqish va kelgusidagi rejalari haqida fikrlashdi.
Uchrashuvda mahalla yoshlari bilan ishlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, o‘zlari orzu qilgan oliy o‘quv yurtlarida o‘qishi, qiziqqan kasbni egallashi uchun ko‘mak ko‘rsatilishini alohida ta’kidladi. Bu borada ularga zarur taklif, tavsiya va maslahatlar berdi.
[gallery-18256]
Shuningdek, uchrashuvda Mirzo Ulug‘bek mahallasida yashayotgan ikki nafar maktab bitiruvchisini zamonaviy kasbga yo‘naltirish maqsadida kompyuter savodxonligi bo‘yicha ular tahsil olayotgan, bir yillik o‘quv kursida o‘qish uchun shartnoma puli universitet tomonidan to‘lab berildi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat),O‘zA muxbirlari