Mahalla yoshlar yetakchilari harbiy dala-o‘quv maydonida
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi “Yangiariq” harbiy dala-o‘quv maydonida viloyat mahallalaridagi yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘quv amaliy mashg‘uloti tashkil etildi. Unga 500 nafarga yaqin mahalla yoshlar yetakchisi jalb etildi.
Yoshlar, xususan, yetakchilar qalbida harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirish, ularni mamlakatimiz Qurolli Kuchlaridagi islohotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat sektorlar rahbarlari, harbiylar va yoshlar ishtirok etdi.
Umumqo‘shin poligonida tashkil etilgan o‘quv-uslubiy yig‘inda har bir yurtdoshimiz qalbida vatanparvarlik, fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirish, yosh avlod vakillari ongiga daxldorlik hissini chuqur singdirish davr talabi ekanligi hamda vatanparvarlik targ‘ibotida yoshlar yetakchilari namuna ko‘rsatishi kerakligi ta’kidlandi.
[gallery-15996]
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA