Mahallalarda belgilangan yo‘nalishlardagi ishlarni tizimli tashkil etish, “Mahalla yettiligi” tomonidan olib borilayotgan ishlar, ularning o‘zaro hamkorligi masalalari bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Andijonda bo‘ldi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallaning jamiyatdagi nufuzi va rolini oshirish, mahallani joylardagi muammolarni hal etadigan chinakam tizimga aylantirish, xususan, mahallabay ishlash tizimini kuchaytirish, mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullarining ish samaradorligi hamda mas’uliyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy etilgan “Mahalla yettiligi” tizimi ana shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda. 

Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova Jalaquduq, Marhamat, Buloqboshi tumanlarida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati ish samaradorligini oshirish, “Mahalla yettiligi”ning o‘z imkoniyatlaridan foydalanishi, ular orasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

[gallery-15927]

Mahallalardagi xotin-qizlar faollari, "Oqila ayollar harakati" a’zolari bilan uchrashuvlarda o‘tgan yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi, xotin-qizlarni qiynayotgan muammolar, ularni bartaraf etish masalalari xususida atroflicha so‘z yuritildi. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi. 

Bosh vazir o‘rinbosari belgilangan ishlar samaradorligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish, kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganilmoqda