Mahalla instituti: yangi maqom, keng imkoniyatlar va yuksak masʼuliyat
Mahalla — xalqimizning hayot tarzi, milliy qadriyatlari va asriy anʼanalarida çuqur ildiz otgan, insonlarni ezgu maqsadlar yölida birlaştirib kelayotgan noyob ijtimoiy institut. Unda odamlarning kundalik taşviş va ehtiyojlari, orzu-intilişlari, taşabbuslari, jamiyatda keçayotgan özgarişlarga munosabati öz ifodasini topadi. Mahalla hayotidagi özgarişlar ham, avvalo, odamlarning turmuşida, ularni qiynayotgan masalalarning hal etilişida namoyon böladi.
Mahalla odamlar hayotiga eng yaqin bölgani uçun ham davlat siyosati natijasi, avvalo, şu yerda seziladi. Yöl, içimlik suvi, iş örni, ijtimoiy himoya, taʼlim yoki xavfsizlik bilan boğliq har qanday masala insonning kundalik hayotiga bevosita taʼsir qiladi. Ularni hal etiş esa köp jihatdan mahallaning taşabbuskorligi, aholi bilan işlaş salohiyati va masʼul idoralar bilan hamkorligiga boğliq.
Şu boisdan ham mahallani rivojlantiriş uning faoliyatini takomillaştiriş bilangina çeklanmaydi. Bu, avvalo, aholi muammolarini joyida hal etiş, fuqarolar taşabbuslariga keng yöl oçiş hamda davlat va jamiyat örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşni anglatadi.
Taʼkidlaş joizki, sönggi yillarda yurtimizda mahalla institutini mustahkamlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan islohotlar mahallaning jamiyat hayotidagi örnini kuçaytiriş va aholi muammolarini hal etişdagi iştirokini kengaytirişga qaratilmoqda.
Xususan, mahallaning huquqiy maqomini mustahkamlaş, taşkiliy tuzilmasini takomillaştiriş, vakolat va resurslarini kengaytiriş, faoliyatini bevosita aholi ehtiyojlari bilan boğlaş böyiça izçil çoralar körilmoqda.
Mahallaning jamiyat hayotidagi örni va fuqarolarning özini özi boşqariş tizimidagi mustaqil maqomi mamlakatimizning Boş qomusida ham öz ifodasini topdi. Özbekiston Konstitutsiyasining 127-moddasiga köra, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni qonunçilikda belgilangan doirada mustaqil hal etadi. Şu bilan birga, davlat zimmasiga ularning faoliyati uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş va qonuniy vakolatlarini amalga oşirişda kömaklaşiş vazifasi yuklatilgan.
Mazkur konstitutsiyaviy qoida mahallaning faqat huquqiy maqomini belgilabgina qolmay, uning samarali faoliyat yuritişi uçun davlat tomonidan zarur şaroitlar yaratilişini ham kafolatlaydi. Bunda mahallaning öz hududiga daxldor masalalarni aholi manfaatlaridan kelib çiqib mustaqil hal etişi, davlat organlarining vazifasi esa bu jarayon uçun zarur huquqiy, taşkiliy va moliyaviy imkoniyatlarni taʼminlaşdan iboratdir.
Konstitutsiyada belgilangan uşbu tamoyillar davlat boşqaruvida «quyidan yuqoriga» yondaşuvini kuçaytirişga zamin yaratdi. Buning mohiyati şundaki, aholi hayotiga daxldor muammolar, avvalo, xonadon va mahalla darajasida aniqlanadi, ularning yeçimi esa tegişli tuman, viloyat va respublika idoralari bilan hamkorlikda taşkil etiladi.
«Mahallabay» işlaş tizimi ham aynan şu asosda şakllanib, muammolarni joyida örganiş va hal etişni davlat boşqaruvining quyi böğinidan boşlaşni nazarda tutadi. Bunda faqat aholi murojaatlariga javob beriş emas, balki ular ortida turgan muammolar sabablarini aniqlaş, bartaraf etiş va kelgusida takrorlanişining oldini olişga ham eʼtibor qaratiladi.
Bu yondaşuvlar esa mahallaning vazifalari doirasi ham kengayib borayotganini anglatadi. U endi faqat aholi muammolari haqida yuqori taşkilotlarga axborot yetkazuvçi böğin emas, balki hudud ehtiyojlarini aniqlaydigan, ustuvor vazifalarni belgilaydigan, taşabbuslarni ilgari suradigan va ularning amalga oşirilişida iştirok etadigan tuzilma sifatida şakllanmoqda.
Bu jarayonda «mahalla yettiligi» tizimining joriy etilişi muhim örin tutdi. Mahalla raisi, hokim yordamçisi, yoşlar yetakçisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining bir hududda hamkorlikda işlaşi aholi hayotidagi özaro boğliq masalalarni birgalikda hal etiş imkonini kengaytirdi. Bandlikni taʼminlaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, kambağallikni qisqartiriş, ijtimoiy himoya, yoşlar va xotin-qizlar bilan işlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş kabi yönalişlardagi işlar mahalla darajasida muvofiqlaştirilmoqda.
«Yettilik» tizimining asosiy afzalligi — aholi muammolariga turli idoralar manfaatidan emas, balki inson va uning oilasi ehtiyojlaridan kelib çiqib, kompleks yondaşiş imkoniyati yaratilganidir. Bu şunçaki yetti nafar mutaxassisning bir joyda işlaşi emas, aholining ijtimoiy, iqtisodiy va maişiy muammolarini bir hududning özida, yagona muvofiqlaştirilgan mexanizm orqali hal etişga qaratilgan boşqaruv modeli, demakdir. Buning uçun «yettilik» aʼzolarining vazifalari va özaro hamkorlik tartibi belgilandi, faoliyati natijadorligini baholaş mezonlari takomillaştirildi. Şuningdek, ularning mehnatiga haq tölaş va samarali faoliyatni qöşimça rağbatlantiriş mexanizmlari yölga qöyildi. Eng muhimi, mazkur tizim mahalla darajasida turli sohalardagi imkoniyat va resurslarni yagona maqsad — aholi muammolarini hal etişga safarbar qilişning taşkiliy asosini yaratdi.
Mahalliy boşqaruv sohasidagi xalqaro yondaşuvlar bilan qiyoslaganda, «mahalla yettiligi» tizimi bir qator jihatlari bilan alohida ajralib turadi. Jahon amaliyotida mahalliy darajada aholi muammolarini hal etiş uçun turli sohalar vakillarini jalb qiliş, hududiy boşqaruvni muvofiqlaştiriş va davlat xizmatlarini fuqarolarga yaqinlaştiriş mexanizmlari mavjud. Biroq Özbekistondagi kabi ijtimoiy himoya, bandlik, tadbirkorlik, yoşlar va xotin-qizlar masalalari, jamoat xavfsizligi hamda soliq yönalişlari vakillarini yagona mahalla darajasida birlaştirgan, ularning faoliyatini özaro muvofiqlaştirişga asoslangan tizim öziga xos institutsional yeçim hisoblanadi.
Uşbu modelning muhim jihati şundaki, turli idora va taşkilotlarning alohida-alohida faoliyat yuritişi örniga, ularning imkoniyatlari muayyan hudud va unda istiqomat qiluvçi aholi ehtiyojlariga yönaltirilmoqda. Natijada insonning bandligi, oilasining ijtimoiy ahvoli, farzandlarining taʼlimi, tadbirkorlik imkoniyatlari yoki xavfsizligi bilan boğliq masalalarni bir-biridan uzilgan holda emas, balki özaro boğliq muammolar sifatida körib çiqiş imkoniyati paydo bölmoqda. Bu esa mahalliy boşqaruvda idoralararo hamkorlikni kuçaytiriş, muammolarni erta aniqlaş va ularga kompleks yeçim topişning yangi mexanizmini şakllantiradi.
«Mahalla yettiligi»ning yana bir muhim ustunligi — uning faoliyati bevosita hudud aholisi bilan doimiy muloqot, xonadonbay örganiş va aniq ehtiyojlarga asoslangan işlaş tamoyiliga tayanişidir. Bunda mahalla raisi umumiy faoliyatni muvofiqlaştiruvçi, yettilik aʼzolari esa öz sohalari böyiça muammolarni aniqlaş va hal etişga masʼul bölgan yagona jamoa sifatida işlaydi. Şu tariqa mahalliy boşqaruvning samaradorligi faqat maʼmuriy topşiriqlarni bajariş bilan emas, balki aholi hayotidagi real özgarişlar, hal etilgan muammolar va yaratilgan imkoniyatlar bilan baholanişi uçun zamin yaratilmoqda.
Mazkur yondaşuvning amaliy natijalari ham uning hayotiyligini körsatmoqda. Rasmiy maʼlumotlarga köra, «mahalla yettiligi» tizimi joriy qilinib, kredit, subsidiya, kompensatsiya va moddiy yordam ajratiş kabi 100 dan ortiq xizmatlar mahalla darajasiga tuşirilgani natijasida 7,5 million nafar fuqaro kambağallikdan çiqarilgan, işsizlik darajasi ikki barobar qisqargan. Şuningdek, 3,5 mingdan ortiq mahalla qiyofasi zamonaviy körinişga kelgan.
Albatta, bu natijalar keng kölamli davlat islohotlari va qöllab-quvvatlaş çoralari bilan boğliq bölib, ularda mahalla darajasidagi hamkorlik mexanizmining ham muhim örni bor. Eng muhimi, mazkur tizim mahalliy boşqaruvni aholiga yaqinlaştiriş, davlat resurslarini aniq ehtiyojlarga yönaltiriş va hududiy muammolarni joyida hal etiş borasida Özbekistonning öziga xos tajribasini şakllantirmoqda.
Eʼtibor qaratiş kerak bölgan yana bir muhim jihat borki, mahalla zimmasiga yuklangan vazifalarni bajariş uçun taşkiliy imkoniyatlar bilan birga moliyaviy resurslar ham zarurdir. Şu maqsadda hududlar infratuzilmasini yaxşilaş, mahalliy muammolarni hal etiş va aholi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan moliyalaştiriş mexanizmlari kengaytirilmoqda. Mahalla byudjetlariga qöşimça tuşumlarni yönaltiriş, mahalliy daromad manbalarini şakllantiriş va mablağlarni hududdagi ustuvor ehtiyojlarga sarflaş imkoniyatlari oşirilmoqda.
Bu borada «Taşabbusli byudjet» jarayoni ham muhim ahamiyatga ega bölmoqda. U orqali fuqarolar öz mahallasidagi muammolarni hal etişga qaratilgan loyihalarni ilgari suriş, ularni muhokama qiliş va ovoz beriş orqali mablağ yönaltiriladigan ustuvor vazifalarni belgilaşda iştirok etmoqda. Şu tariqa mahalliy rivojlaniş masalalarini hal etişda aholining bevosita iştiroki kengayib, fuqarolar öz hududidagi özgarişlarga daxldorlik hissi bilan yondaşiş imkoniga ega bölmoqda.
Mahalla faoliyatining samaradorligi köp jihatdan uning taşkiliy, uslubiy va axborot jihatidan qay darajada qöllab-quvvatlanganiga ham boğliq. Şu maqsadda sohadagi institutsional imkoniyatlarni kengaytirişga ham eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Özbekiston mahallalari uyuşmasining fuqarolar yiğinlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning faoliyatini qöllab-quvvatlaş hamda mahallalar rivojiga kömaklaşiş borasidagi işlarida samaradorlikni oşiriş, har bir masalaga ilmiy yondaşuvni yölga qöyiş maqsadida Mahallani rivojlantiriş milliy instituti taşkil etildi. U mahalla sohasidagi jarayonlarni çuqur örganiş, mavjud muammolar yeçimi böyiça takliflar işlab çiqiş va samarali iş usullarini ommalaştirişga xizmat qilişi közda tutilgan.
Şu bilan birga, «Raqamli mahalla» platformasi hududlardagi muammolar, ularning hal etiliş jarayoni va masʼul taşkilotlar faoliyatiga oid maʼlumotlarni yagona tizimda jamlaş, tahlil qiliş hamda jarayonlar ustidan monitoring olib boriş imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Eʼtirof etiş kerak, 2026-yilda mahalla institutini rivojlantiriş borasidagi islohotlar yangi bosqiçga kötarildi. Ayniqsa, joriy yilning «Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili» deb eʼlon qilinişi uşbu yönalişning davlat siyosatidagi ustuvor ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyun kuni qabul qilingan «Mahalla boşqaruvini samarali taşkil etişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-116-son Farmoni esa mahalla institutini rivojlantirişning keyingi bosqiçi uçun muhim huquqiy va taşkiliy asos böldi.
Mazkur farmon mahallaning jamiyatdagi rolini oşiriş, «mahalla yettiligi» faoliyatini samarali taşkil etiş, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va mahalla boşqaruvini raqamlaştirişga qaratilgan vazifalarni qamrab olgan. Unda «mahalla yettiligi» aʼzolarining vazifalari aniqlaştirilib, mahalliy muammolarni tahlil qiliş, masʼul idoralar örtasida hamkorlikni yölga qöyiş va hududiy dasturlar ijrosida iştirok etiş mexanizmlari belgilandi.
Farmonda mahallalar faoliyatini rağbatlantiriş uçun respublika byudjetidan har yili 200 milliard söm ajratiş ham nazarda tutilgan. Mablağlar mahalla xizmat binolarini quriş va jihozlaş, xodimlarni öqitiş, ijtimoiy-maʼrifiy loyihalarni amalga oşiriş, soğlom muhitni şakllantiriş hamda aholi uçun zarur infratuzilmani yaxşilaş kabi maqsadlarga yönaltiriladi. Bu mahallalarni faqat taşkiliy jihatdan emas, balki moddiy-texnik va kadrlar salohiyati nuqtai nazaridan ham qöllab-quvvatlaşga qaratilgan çora hisoblanadi.
Farmonda belgilangan vazifalarning ijrosi va ularni amalga oşiriş bilan boğliq masalalar 2026-yil 16-iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan mahallalarda yangi muhit yaratiş hamda «mahalla yettiligi» faoliyatini yangiça taşkil etişga bağişlangan videoselektor yiğilişida ham atrofliça muhokama qilindi. Unda mahallalarga berilgan vakolat va imkoniyatlar, ularni amalga oşiriş uçun ajratilayotgan resurslardan foydalaniş holati tahlil qilinib, bu borada aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça aniq vazifalar belgilab berildi.
Yiğilişda davlatimiz rahbari hududlardagi mavjud masalalarni hal etiş uçun hokimlar, mahalla raislari va «mahalla yettiligi» aʼzolariga yetarli resurs va vakolatlar berilganini taʼkidlab, endi ulardan foydalanişda masʼuliyat va taşabbuskorlikni kuçaytiriş zarurligiga alohida eʼtibor qaratdi. Bu esa mahalla tizimidagi islohotlarning keyingi bosqiçida ustuvorliklar özgarib, asosiy eʼtibor ajratilgan mablağlar va berilgan vakolatlarning öziga emas, balki ularning aholi muammolarini hal etiş, hududlarni rivojlantiriş va hayot sifatini yaxşilaşda qanday amaliy natija berayotganiga qaratilişi lozimligini anglatadi.
Şu bilan birga, tizimda amalga oşirilayotgan özgarişlar mahalla raisining roli va masʼuliyatiga bölgan yondaşuvni ham yangiça mazmun bilan boyitmoqda. Endi mahalla raisi faqat aholi murojaatlarini qabul qiluvçi va mavjud muammolarni tegişli idoralarga yetkazuvçi rahbar emas, balki hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga bevosita masʼul, uning içki imkoniyatlarini aniqlab, işga solişga qodir taşabbuskor boşqaruvçi sifatida namoyon bölişi lozim. Uning tadbirkorlik muhitini rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va mahallada mavjud iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanişdagi iştiroki ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mahalla raisini «iqtisodiy buyurtmaçi»ga aylantiriş ğoyasi aynan şu vazifalar bilan boğliq.
Bu yondaşuv mahalla raisidan hududdagi muammolarni aniqlaş bilangina çeklanmasdan, ularning yeçimiga qaratilgan aniq loyiha va taşabbuslarni şakllantiriş, ularni amalga oşiriş uçun zarur taşkilotlar va resurslarni birlaştirişni talab etadi.
Taʼkidlaş muhimki, mahallaga berilgan vakolat va resurslar bilan bir qatorda, uning faoliyatiga qöyilayotgan talablar ham ortib bormoqda. Ajratilgan mablağlarning maqsadli sarflanişi, aholi taşabbuslarining qöllab-quvvatlanişi, murojaatlarga öz vaqtida munosabat bildirilişi, masʼul taşkilotlar bilan samarali hamkorlik va amaliy natijalar uçun javobgarlik mahalla boşqaruvining asosiy mezonlari bölişi zarur. Bunda «mahalla yettiligi»ning har bir aʼzosi öz vazifasini masʼuliyat bilan bajarişi, umumiy natija uçun hamjihatlikda işlaşi muhim.
Mahalla institutini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar uning faoliyati uçun zarur huquqiy, taşkiliy va moliyaviy asoslarni yaratiş bilan birga, mahalliy darajadagi boşqaruvga bölgan talablarni ham özgartirmoqda. Endi mahalla raislari va «yettilik» aʼzolaridan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, hududning iqtisodiy salohiyatini töliq işga soliş, aholi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va muammolarni hal etişda aniq natija körsatiş talab etilmoqda.
Xulosa örnida şuni aytiş mumkinki, mahalla institutini rivojlantirişga qaratilgan islohotlar zamirida, eng avvalo, yurtimizda inson qadrini uluğlaş, har bir fuqaroning manfaat va ehtiyojlariga eʼtiborni kuçaytiriş tamoyili mujassam. Mahallaga berilayotgan yangi maqom, kengaytirilayotgan vakolatlar va ajratilayotgan resurslar ham aslida şu ezgu maqsadga — insonlar hayotini yaxşilaş, ularning muammolarini joyida hal etiş va turmuş farovonligini oşirişga xizmat qiladi. Zero, mahallaning kuç-qudrati, avvalo, u yerda yaşayotgan insonlarning hayotidagi ijobiy özgarişlar, ularning roziligi va ertangi kunga bölgan işonçida namoyon böladi.

Abdumutallib ÖKTAMOV,
Demokratik jarayonlarni
tahlil qiliş markazi eksperti,
jurnalist