O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab Baxmal tumani “Mo‘g‘ol” mahalla fuqarolar yig‘ini yangi binosining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar, o‘tgan qisqa fursatda hududda amalga oshirilgan ishlarni e’tirof etib, unda mahalladagi har bir fuqaroning hissasi borligini ta’kidladi. Tantanali marosim so‘nggida mehnat faxriylari ramziy bog‘ichni qirqib, “mahalla yettiligi” uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.  

Ayni paytda ushbu binoda MFY raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, soliqchi va ijtimoiy xizmat xodimi faoliyat yuritishi uchun barcha sharoit yaratib berilgan.  

3 oy oldin zax va yetarli sharoitlarga ega bo‘lmagan ushbu bino bugun shinamligi bilan e’tiborni tortadi. Keksalar aholining og‘irini yengil qilish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar davomli bo‘lishini tilab duoga qo‘l ochdi.  

Shundan so‘ng mahalla hududida barpo etilgan istirohat bog‘ida san’atkorlarning konsert дастурлари tashkil etildi. Faol va sportchi yoshlarga, loyihani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan soha xodimlariga diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla binosi ochildi