Madina Mirabzalova — xalqaro turnir g‘olibi
Serbiya poytaxti Belgrad shahrida taekvondo WT bo‘yicha G-1 toifasiga kiruvchi «Galeb Belgrade Trophy – Serbia Open 2026» xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikki medalni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida –57 kilogramm vazn toifasida bellashgan Madina Mirabzalova barcha raqiblaridan ustun kelib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. +67 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Svetlana Saidova esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
E’tiborlisi, har ikki taekvondochimiz bundan to‘rt kun avval Namanganda o‘tkazilgan «Uzbekistan Open» xalqaro turnirida ham sovrindorlar safidan joy olgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA