Madaniy meros va zamonaviylik uyg‘unligi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizda qad ko‘targan Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat ilmiy-ma’rifiy inshoot, balki poytaxtning yangi arxitektura qiyofasini shakllantirayotgan maskanlardan biri sifatida ahamiyatga ega. Markaz atrofidagi ko‘chalar va binolar zamonaviylik hamda milliy me’morchilik an’analari uyg‘unligida barpo etilmoqda.
Hududdagi yangi binolar, gumbazli inshootlar va tarixiy uslubdagi ob’ektlar, naqshinkor devorlar o‘zbek me’morchiligining qadimiy an’analarini eslatadi.
[gallery-28141]
Islom sivilizatsiyasi markazi atrofidagi ushbu hudud Toshkentning madaniy va ilmiy hayotida muhim o‘rin egallashi bilan birga, mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Asliddin ALIJONOV (surat), O‘zA