Madaniy meros ob’ektlari nazoratda
“Milliy tiklanish” partiyasi Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” fraksiyasi raisi Alisher Qodirov va Markaziy Kengash vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Xo‘jayli tumanidagi “Sarishungil” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Mizdaxxan arxeologik-arxitektura majmuasida bo‘lib, bu yerdagi tarixiy obidalarning bugungi holati, turistik infratuzilmalar va kadastr hujjatlari bilan tanishdi.
Mizdaxxan arxeologik-arxitektura majmuasi IV-XIV asrlarga tegishli bo‘lib, unda “Gauir qal’a”, Shamun-nabi, Mazlumxon suluv, “Qirq cho‘pon”, “Xalifa Yerejep” mavzoleylari va boshqa yodgorliklar mavjud.

Shamun Nabiy – Jumart qassob do‘ngligining janub tomonida, do‘nglik poyida joylashgan bo‘lib, XII-XIV asrlarda qurilgan maqbara va tilovatxona qismlaridan tashkil topgan. Yodgorlik 29.3x5.2 metr “Yerejep Xalifa” yodgorligi Mazlumxon suluv majmuasidan120-130 metrcha janubda joylashgan, hozirgi kunda ko‘lami 12x12 metrlik to‘g‘ri to‘rt burchak shaklidagi katta bir imoratning sharqiy, shimoliy va g‘arbiy qanotlarigina saqlanib qolgan.

Mazlumxon suluv yodgorligi uzunligi 30 eni 25 metr bo‘lib, umumiy sathi 750 kvadrat metrcha maydonni qoplaydigan, bir-biriga ulanib, qavatlanib ketgan bo‘lmalar, xonalar va ayvonchalardan iborat, nihoyatda murakkab tuzilishdagi juda ham yuksak saviyada bunyod qilingan, o‘ziga xos bir qiyofaga ega ulkan obidadir.
Jo‘mard qassob – Mazlumxon suluv tepaligining o‘rta qismida joylashgan eni 60-90 metr, balandligi 8 metr bo‘lgan qo‘rg‘onsifat sun’iy do‘nglik. Do‘nglikning yon nishablaridagi madaniy qatlamlardan milodiy II-III asrlarga oid sopol buyumlarining siniqlari topilgan.
O‘rganishlar davomida arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish holatini yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha deputatlar tomonidan takliflar berildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.