Lutfiy devonining ikki nodir qo‘lyozma nusxalari muqoyasasi
Madina BOBOMURODOVA magistrant Qarshi davlat universiteti Qarshi, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada Mavlono Lutfiyning turkiy “Devon”ining nodir qo‘lyozma nusxalari hisoblangan ikki nusxa, ya’ni Parij nusxasi hamda 5024-I inventar raqamli qo‘lyozmalari o‘zaro muqoyasa qilinib, tahlil jarayonida yuzaga kelgan matniy tafovutlar ilmiy jihatdan dalillar asosida tadqiq etiladi. Mazkur qo‘lyozma nusxalardagi matnlar matnshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganilib, chog‘ishtiriladi.
Tayanch so‘zlar: Lutfiy, devon, qo‘lyozma nusxa, matn tahriri, matniy tafovut.