Biz Lola bilan nafaqat paykallari, balki orzu umidlari, tashvishu quvonchlari bir-biriga tutashib ketgan ikki qishloq bolasimiz.

Menga go‘yo shu ikki qishloq odamlari tomga chiqib “hu” desa,  ovozlarigina emas, yurak dupurlari ham eshitilib turadigandek tuyulaveradi. Poloson, Oltiariq qishloqlarini dovruqli qilgan oddiy, mehnatkash, ketmonning dastasini ham ko‘kartiradigan, g‘o‘zasini yurakda o‘stiradigan vallomat, bag‘ri keng, vatanini beta’ma sevadigan odamlari. Ular yerdan bir yilda to‘rt marta hosil olmasa, yerni to‘rt marta gullatmasa ko‘ngillari joyiga tushmaydigan dehqonchilikning akademiklari. Bir paytlar shu qishloq odamlari haqida yozganim oddiygina  satrlar tilimga quyilib keladi.

Daladan qaytadi horg‘in jilmayib,

Yuragin qalaydi o‘choqlariga.

Arzimaydi dunyo zeru zavaring,

Bir chetlari uchgan tirnoqlariga.

Lolaning hayoti haqida  ko‘p ocherklar, maqolalar yozganman. Ayniqsa, ikki minginchi yillarda “Farg‘ona haqiqati” gazetasida ishlagan kezlarimda tongotar suhbatlar qurganmiz, sirdosh do‘stlarga aylanganmiz. Uning vataniga, orzulari qo‘rg‘oniga aylangan shiyponiga oshiqqanim oshiqqan edi. Chunki Lolani shiyponidan, dalasidan ayirish qiyin, tavallo qilsangiz ham dalasini tashlab shaharga kelmaydi.

Ayniqsa, chigit ekilayotgan, yagana, chekanka, hatto shudgor qilinayotgan paytlarda kim chaqirmasin, unga ziyofatu dasturxonlar mahtal bo‘lmasin bir qadam dalasidan nari ketmasdi. Hatto respublika miqyosida o‘tadigan e’zozu ehtirom tadbirlariga ham borolmayman, bir kun kech ekilsa, g‘o‘zaning yo avji orqaga ketadi, shu yerda turmasam bo‘lmaydi, deb o‘jarlik qilardi. Bunday paytda uni hech kim fikridan qaytarolmasdi.

Jurnalist sifatida qahramonlar, taniqli kishilar haqida ko‘plab ocherk, hikoyalar yozishimga to‘g‘ri kelgan. Aksariyat qahramonlarim bilan men oshiqqan, intiqqan suhbatlar bir-ikki muloqotlardayoq tugagandek, poyoniga yetib qolardi. Lola ichgan sari tashna qiladigan hayotbaxsh buloqqa o‘xshaydi. Lola bilan qancha suhbatlashmang, dilkashlik qilmang, qalbingiz yana talpinaveradi. U hayot oshig‘i, shu vatan oshig‘i. Uning suhbatida mayda gaplar, g‘iybatlar, g‘urbatlar, yolg‘onlarga o‘rin yo‘q. Nima haqida, kim haqida so‘z boshlamang, gapni dalaga buradi, paxtakor qizlari, suvchilarning xokisor mehnati haqida to‘lib-toshib gapiradi. Lola o‘ziga ham, qo‘l ostida ishlayotgan ishchilariga ham juda qattiqqo‘l, talabchan. Uning qo‘lida shunchaki paykalda kun o‘tkazadiganlar emas, yerni sevadigan, tuproqning tilini tushunadiganlar bir jon, bir tan bo‘lganiga hayratlanasiz.

2014 yilning kuzagi edi chamamda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari, taniqli adib, publitsist Murod Abdullayev (Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin) viloyatga keldi. Maqsadi taniqli paxtakor Lola Murotova haqida ocherk yozish ekanini aytib, hamroh bo‘lishimni so‘radi. Bajonidil rozi bo‘ldim.

-Ishqilib qahramonimiz borishimizdan boxabarmi?- mashina katta yo‘lga chiqqach, Murod aka menga yuzlandi. Tasdiq ishorasini qildim.

-To‘rt yuz-besh yuz gektar yeri bor dongdor  fermerlarni har doim ham daladan topolmaysiz. Ko‘pi angarning ichiga kirish u yoqda tursin, innamarkadan tushmay ish yurituvchilarga buyruq qilishadi. Yerning hidiniyam bilishmaydi. Murod akaning gapida Lola Murotova ham shunday fermerlardan emasmi degandek iddao bordek edi.

- Uchrashganda o‘zingiz baho berasiz, deya kulib qo‘ya qoldim.

Shiyponda bizni Manzuraxon kutib olganidan bildimki, tinib-tinchimas qahramonimiz  paykal oralab ketgan.

-Kuning tig‘ida yurmang, deganingiz bilan o‘z bilganidan qolmaydi. Manzuraxon Lolani o‘zingiz bilasiz-ku degandek, menga jig‘ibiyron qaradi.

-Birpas dam olib turinglar, o‘choqqa qaray!

Hayal o‘tmay shiypon biqinidagi paykal etagidan Lolaning qorasi ko‘rindi. Egnida gullari oftobda o‘ng‘ib ketgan chit ko‘ylak. Boshida oq jun durra. Oyog‘ida kirza etik. Ko‘ylaklari yelkasigacha ho‘l, oyog‘idagi etikka qarab bo‘lmaydi, loyga botgan. Yuzlari quyosh tig‘ida bo‘g‘riqib qizarib ketgan, U bizni ko‘rib, salom berdi-yu, ahvolidan hijolat tortgandek, “men hozir” degancha bizga qarab qo‘l silkidi-yu, shiypon ichkarisiga kirib ketdi.

Murod aka shu Lola Murotovami, degandek, menga hayratomuz qaradi.

Bir ozdan so‘ng u xuddi charchoqlarini ichkarida qoldirib chiqqandek, nim tabassum bilan  bizga peshvoz chiqdi. Chit ko‘ylaklari oxorlisiga almashtirilgan. Nigohlari botinida qandaydir tashvish qalqisa ham ko‘zlari kulib turibdi.

-G‘o‘zaga solingan dorilarning badbo‘yi kun issig‘ida  tepaga ko‘tariladi, nega o‘zingizga kuymaysiz Lola?! Lola birpasda portladi:

-Qora bahordan uxlamay ignalab yiqqan hosilimizni ko‘sak qurti qolib, qandala chang solsa, yuragingiz kuyarkan. Ikki haftadan beri uyqu yo‘q.  Paykal oralasam shonalar sarg‘ayib illati bo‘lib  to‘kilib ketibdi. Bu ko‘sak qurtining ishi emasligi aniq. Chunki barglar orasida qurt ko‘rinmadi. Agronomni chaqirib kechga qadar kuzatdik. Oxiri qandalani tutdik. Xuddi it pashshaning o‘zi. Boshida ikkita nayzasi bo‘larkan, biri bilan shonani ushlab, ikkinchisi bilan teshib, shirasini so‘rib olarkan. Shunaqangi bo‘g‘ilib, boshim qotdi. Qanday qutilamiz bu ofatdan?! Qo‘lda terib adoq qilib bo‘lmasa? Zarur dorini topguncha hosilni boy beramiz. Iloji yo‘q mana odamlarga donasini 200 so‘mdan qo‘lda terdiryapman. Bug‘doyning somonini sotib, qandala terayotganlarga ulgitib bo‘lmayapti. Agar paxtaga ko‘z tikkan shu ikki balo-qazo bo‘lmasa hosilning tagida qolamiz. Hozir Samarqanddan “Bagira” dorisini oldirib keltiryapman. O‘zimiz bilmagan holda Kaliforniya teragini dala chetlariga ekib, ko‘sak qurtini ko‘paytirdik, bu qurg‘ur ko‘sak qurtining kapaligini chaqirarkan-da. Shu terakning shoxlarini uvatga panjara qilgandek terib chiqamiz. Ertalab yuzlab, minglab ko‘sak qurtining kapalaklarini terak shoxchalaridan qoqib olamiz. Shu og‘ir cho‘l sharoitidayam gektaridan 42 sentnerdan hosil oldik. Paxtani orqasidan olimu akademik bo‘layotganlar qayoqqa qaraydi bilmayman. Buyam jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurshishdek gap-da. Lolaning bu gapidan Murod aka miriqib kuldi .Suhbat qizib ketdi.

“Barxanlarda ungan gul” liro-epik qissasi bir oyda yozildi. Hozir yozsam boshqacharoq yozarmidim, deb o‘ylayman. Chunki Lolaning suvrati, siyrati bilan to‘qnashgan, uning pokiza buloqlaridan suv ichgan sarim u haqidagi bitiklar g‘arib tuyulaveradi. Chunki har suhbatlashganingizda Lolaning ko‘ngil qatlaridagi mo‘’jizalar, xazinalar qat-qati ochilaveradi.

Prezidentimiz milliy ziyolilar bilan dastlabki uchrashuvlarida biz ijodkorlarning yuragiga cho‘g‘ tashladilar. Zamonamiz qahramonlari haqida badiiy polotnolar yaratish, xalqqa tanitish borasidagi da’vatlaridan keyin tinchim yo‘qoldi. Bexosdan adabiyotimizning gavhar shoiralaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zulfiya Mo‘minovaning Lola haqida asar yozishga shahdlanayotganini eshitib,  yuragim alangalanib ketdi. Darrov Zulfiya Mo‘minovaga telefon qilibman:

-Lola haqida siz ham yozyapsizmi? Men ham boshlab qo‘ygandim. Men uni bolalikdan yaxshi bilaman.

-Lola Murotovadek  ayol haqida asar yozishni har bir ijodkor orzu qilsa arziydi. Men yozayotganlarimni muxtasar qila qolaman.

Zulfiya Mo‘minovaning javobi isitmamni chiqardi. Juda uyatli bo‘ldi-da. Uni ranjitib qo‘ydim. Lola haqidagi uning ocherki, go‘zal she’rini o‘qib, angladimki, Lola haqida bir necha ijodkor dostonu poema yaratganda ham bir-biriga o‘xshamagan asarlar dunyoga kelishi shak-shubhasiz ekan. Matonatli o‘zbek ayolining jasoratli mehnatining suvrati nihoyasiga yetmas ekan. Haqiqatdan ham Lolaning hayoti katta asarlar, romanlarga ham sig‘maydi.

       2020 yilning oxirlarida Lola qattiq betob bo‘lib qoldi. Lekin u davolanishni hayoliga ham keltirmadi, biror kun boshi yostiqqa tegmadi. Yaxshi doktorlardan chaqirtiraylik, chuqurroq tekshirsin, desak ham “Men yaxshiman!” deya o‘jarlik bilan bosh chayqadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Lola Murotovani O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlagan kunlar uning shiyponi gulu lolalarga to‘lib ketdi. Uning huzuriga odamlar oqib keldi. Hamma o‘zi qahramonlik olganday sevinchi ichiga sig‘masdi. Nafaqat vodiy, vohaliklar ziyorat qilgani kelishdi Lolani. U ana shu quvonchlar alangasi kunlari isitma otashida yondi. Lekin hech kimga sezdirmadi, hech kimga kasalligidan so‘z ochmadi. Uning mehnatlari davlat rahbari tomonidan ketma-ket sharaflandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga saylandi. Mamlakatning har burchagidan Namangan, Nukusdan tortib, odamlar  “Siz bizning senatorimizsiz” deya dardlari, muammolarini Lolaga ayta boshladilar.

Toshkentdan Oliy Majlis Parlamentining qo‘shma yig‘ilishidan qaytadigan kunimiz Lola yengil mashinada qiynalib qolmasmikinman, deb qoldi. Toshkent-Andijon poyezdiga bilet oldik. U yo‘l bo‘yi Farg‘onagacha tik holda dalalarni tomosha qilib keldi. Dard qiynayotganini hech kimga bildirmadi. Oltiariq vokzalida  poyezdan tusharkan kuzatayotganimizda bizga qarab shodon jilmaydi.

-Hayriyat-ey, dimog‘imga cho‘lning havosi urilib, butun vujudim yayrab ketdi,  kasalim ham esimdan chiqdi,-dedi.

Senat yig‘ilishidan qaytgandan keyin uch-to‘rt kun o‘tib, xabar olgani borsam, dalada o‘zi bosh bo‘lib, sovuqdan oppoq ochilib ketgan paxtalarni terdirayotgan ekan.

-Qarang, birinchi terimga o‘xshaydi. Har bir ko‘sakni yetishtirish uchun shu ayollarning qancha mehnati singgan, umri sovrilgan. Agar uvol qilsak, bu o‘zimizga xiyonat bilan barobar, – dedi. U a’zolariga 10 tonnadan ortiqroq paxta terdirib, shiyponga bostirib qo‘ydi.

         Adashmasam, 5 mart kuni yurt otasi Lolani bayram bilan tabriklash uchun Farg‘onaga Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Kamolovna Norboyevani sovg‘a-salomlar bilan yubordilar. Qutlug‘ mehmonni Lola Murotovaga viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev sovg‘a qilgan Farg‘ona shahridagi uyda kutib oldik. Bir necha soatlardan so‘ng Prezidentimiz Lola Murotova bilan telefonda gaplashib, uni bayram bilan tabrikladilar.

-Lolaxon opa! Salomatligingiz yaxshimi? Sizning ozgina betob bo‘lganingizni eshitib, o‘zimga kelolmayapman. Ertangi yangi O‘zbekistonni siz bilan birga quramiz.O‘zingizni ehtiyotlang, tezroq tuzaling, siz bizga juda keraksiz!-dedilar.

Yurt otasining bu ehtiromi, e’zozi, mehnatlarining e’tirofi Lola Murotovaga beqiyos kuch berdi. U kasallikni ko‘rmaganday bo‘lib ketdi. Qishning sovuqlarida ham barcha sharoitlari muhayyo, issiq sovg‘a qilingan shahardagi uyga biror kun bo‘lsa-da ketmadi, borib rohat qilib yotmadi. Shu dalalaridan yiroq ketgisi kelmadi. Agar men dalalarimdan ayro tushganimda, shaharda issiqqina parqu to‘shaklarda yotganimda kasallikdan forig‘ bo‘lishim gumon edi, deydi u. Goho shu dalalar ham torlik qilganday tuyuladi. ”Damas”ga minib, yoshligim izlari qolgan Enajar etaklaridagina qolgan qum barxanlari bag‘riga intilaman. Tepalikka chiqib, beg‘ubor, toza havodan to‘yib-to‘yib nafas olaman. O‘zimni qushdek yengil sezaman, kuch-quvvatga to‘laman. Shu barxanlar bilan hayolan suhbatlashaman. bugungi kunlarga, qaddimizni butun dunyoda yuksak ko‘tarayotgan, inson qadru qimmatini oliy darajada qadrlayotgan ozod zamonamizga shukrona aytaman. O‘zbek xalqiga o‘z yurtini, elini behad sevgan, vatanparvar, adolatparvar Yurtboshi bergani uchun Tangrimga behisob hamd aytaman.

        Lola ko‘nglidan shu ezgu tilaklarni o‘tkazarkan yana uloviga minib, Markaziy Farg‘onaning qoq o‘rtasida joylashgan, uni ilhaqu intiq kutayotgan  shiyponga qarab talpinadi. Jannatlar havas qilsa arzigulik, mo‘’jizalar bunyod qilayotgan ulug‘ MAMLAKATIGA.

Enaxon Sidiqova,

O‘zbekiston xalq shoiri.

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Lolaning mamlakati yoki matonat lolasi