“Lokomotiv” g‘alaba qozondi
Osiyo chempionlar ligasida qatnashayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o‘z maydonida Eronning “Fulad Sepahon” klubini mag‘lubiyatga uchratdi.
Osiyo chempionlar ligasida qatnashayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o‘z maydonida Eronning “Fulad Sepahon” klubini mag‘lubiyatga uchratdi.“A” guruhida to‘p surayotgan “Lokomotiv” jamoasi Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi bilan o‘z maydoni va safarda 1:1 hisobida durang o‘ynab, Eronda “Fulad Sepahon” jamoasini 2:0 hisobida yengib, besh ochko bilan guruhda ikkinchi pog‘onada borayotgan edi.
Poytaxtimizda o‘tgan uchrashuvda futbolchilarimiz eronlik raqiblarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Lokomotiv”ga g‘alaba keltirgan yagona golni 55-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov kiritdi.
“Temiryo‘lchilar” navbatdagi uchrashuvni 20-aprel kuni safarda Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Nasr” klubiga qarshi o‘tkazadi.