“Lochin” jamoasi g‘olib
Nukusda “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilaridan iborat 4 jamoa bahslashdi.
Nukusda “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilaridan iborat 4 jamoa bahslashdi.– Ushbu an’anaviy musobaqa yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish va ularni harbiy xizmatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda, - deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi yetakchi mutaxassisi Minojatdin Mambetov. – Musobaqada harbiy sohaga havasmand yoshlarning qator sport turlari bo‘yicha jismoniy tayyorgarligi, harbiy sohaga oid bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Nukus tibbiyot kollejining “Lochin” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. To‘rtko‘l akademik litseyining “Matonat” jamoasi ikkinchi va Qo‘ng‘irot kimyo-sanoat kasb-hunar kollejining “Elobod” jamoasi uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.