"Liverpul" va PSJ Barkola transferi bo‘yicha kelishuvga yaqin
Jarayonda har ikki klub egalari ham bevosita ishtirok etmoqda va tomonlar transfer oynasi yopilguniga qadar barcha hujjatlarni rasmiylashtirishga umid qilmoqda.
«Liverpul» va PSJ hujumchi Bredli Barkola transferi bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichiga yetib keldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, muzokaralar istalgan vaqtda yakunlanishi mumkin. Jarayonda har ikki klub egalari ham bevosita ishtirok etmoqda va tomonlar transfer oynasi yopilguniga qadar barcha hujjatlarni rasmiylashtirishga umid qilmoqda.
Avvaliga PSJ 23 yoshli futbolchi uchun 170 million yevro talab qilgan, keyinchalik esa narxni taxminan 146 million yevrogacha tushirgan.
Barkola o‘tgan mavsum PSJ safida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etdi.
Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.