Litseyda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi
Navoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi Akademik litseyda viloyatdagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi.
Umumta’lim maktablarining iste’dodli o‘quvchilarini tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o‘qishni oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishga chuqur tayyorlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda viloyatidagi umumta’lim maktablarining 650 nafar 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda ushbu dargohda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi hamda ta’lim-tarbiya jarayoni bilan tanishtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi «Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan litseyning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, maqsadida 500 million so‘m mablag‘ ajratilib, vebinar xona uchun interaktiv elektron doska, PTZ kamera, audio spikerfon, stol-stullar, shuningdek, 5 ta interaktiv elektron doska, 3 magnitli marker doska, 35 ta kompyuter, kimyo, fizika, biologiya xonalari uchun laboratoriya jihozlari xarid qilingan.
Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha sinov testlarini topshirdi.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA