"Leyptsig" "Real"ning 100 million yevrolik taklifini rad etdi
Nemis klubi 19 yoshli Yan Diomande transferidan 120-130 million yevro ishlab olmoqchi.
Germaniyaning "Leyptsig" klubi qanot vingeri Yan Diomandeni "Real Madrid"ga sotishdan bosh tortdi. Bu haqda Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" 19 yoshli kot-d’ivuarlik futbolchi uchun bonuslarni hisobga olgan holda taxminan 100 million yevro taklif qilgan. Biroq nemis klubi ushbu taklifni rad etgan. "Leyptsig" futbolchini faqat 120-130 million yevro evazigagina qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan.
Diomande 2025-yilning yozida Ispaniyaning "Leganes" klubidan 20 million yevro evaziga "Leyptsig" safiga o‘tgan edi. Vinger o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan hamda 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Hozirda Transfermarkt portali Diomandening bozor qiymatini 90 million yevroga baholamoqda. Uning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan.