Legionerlarimiz bugun maydonga tushadi: Eronda muhim bahslar
Bugun Eron Pro-ligasida o‘zbekistonlik futbolchilarimiz ishtirokidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Asosiy e’tibor Odil Hamrobekov, Rustam Ashurmatov va Jaloliddin Masharipov to‘p tepayotgan jamoalarga qaratiladi.
Odil Hamrobekovning “Traktor” jamoasi safarda “Istiqlol Xuziston” bilan bahs olib boradi. O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi jamoasining markazdagi muhim futbolchilaridan biri bo‘lib, bugungi uchrashuvda ham maydonga tushishi kutilmoqda.
Tehronning “Istiqlol” klubi esa o‘z maydonida “Paykan”ni qabul qiladi. Ushbu bahsda ikki legionerimiz — Rustam Ashurmatov va Jaloliddin Masharipovning ishtirok etishi kutilmoqda. Ashurmatov himoya chizig‘ida, Masharipov esa hujumlarni tashkil etishda jamoasiga yordam berishi mumkin.
Shu tariqa, bugun Eron chempionatida birdaniga uch nafar o‘zbekistonlik legionerimiz diqqat markazida bo‘ladi.
“Istiqlol Xuziston” — “Traktor”
19:00 — Odil Hamrobekov
“Istiqlol” — “Paykan”
19:00 — Rustam Ashurmatov, Jaloliddin Masharipov
O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport