Latviya prezidenti avtohalokatga uchradi
Latviya prezidenti Egils Levits o‘tirgan avtomobil Riga shahrida avtohalokatga uchradi, davlat rahbari jabr ko‘rmagan, deyiladi Latviya prezidenti kanselyariyasi tarqatgan matbuot xabarnomada.
Yo‘l transport hodisasi Riga shahridagi Maza Nometnyu va Liyepayas chorrahasida ro‘y bergan. Latviya prezidentining Lexus LS mashinasi uning qo‘riqchilari boshqarayotgan avtomobilga borib urilgan.
"Avtohalokat unchalik jiddiy emas, prezident ziyon ko‘rmadi", — deyiladi xabarnomada.