Lamin Yamal mundial startigacha safga qaytishi mumkin
Avvalroq uning mundialning 3-turigacha tiklanishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ispaniya milliy terma jamoasi va Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Lamin Yamalning tiklanish jarayoni haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
"Barselona" vingeri Lamin Yamal jarohatidan kutilganidan ko‘ra tezroq qaytishi kutilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Yamalning tiklanish jarayoni yaxshi holatda davom etmoqda. Futbolchi jadvalga qat’iy tarzda amal qiladi va hech qachon mashg‘ulotlarni qoldirmaydi. Lamin jahon chempionati startiga qadar safga qaytishi mumkin. Avvalroq uning mundialning 3-turigacha tiklanishi haqida xabarlar tarqalgan edi. 18 yoshli hujumchi Ispaniya La Ligasidan o‘rin olgan "Selta"ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Futbolchi joriy mavsumda umumiy 45ta uchrashuvda maydonga tushib, 24ta gol va 18ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal yetakchiligidagi Ispaniya jahon chempionatining guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi bahslarda ishtirok etadi.