La Liga. "Real" "Malaga" darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi
"Real" 9 ochko bilan turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib oldi.
Ispaniya chempionati 3-turida "Real" o‘z maydonida "Malaga"ni qabul qildi. "Santyago Bernabeu" stadionida o‘tgan bahs 4:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.
"Qirollik klubi" safida Jud Bellingem (19), Kilian Mbappe (30) va Arda Gyuler (90+1) gol muallifi bo‘lgan bo‘lsa, mehmonlar darvozaboni Errero o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
"Real" 9 ochko bilan turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib oldi. Ertaga ularning asosiy raqobatchisi "Barselona" "Rayo Valyekano"ni qabul qiladi.