Kuzda ham bahor tarovati mujassam maskan
Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasi koʻhna shaharning koʻrkam maskaniga aylangan.
Fotoreportaj
Samarqanddagi birinchi musulmon masjidi va meʼmoriy obidasi sifatida eʼtirof etiladigan masjid Qutayba ibn Muslim tomonidan qurilib, “Hazrati Xizr” nomi bilan atalgan. Maʼlumotlarga koʻra, VIII asrda otashparastlarning ibodatxonalari buzib tashlangach, shu yerdagi tepalikda joylashgan ibodatxona oʻrniga Qutayba ibn Muslim tomonidan birinchi masjid binosi quriladi.
Ushbu muborak maskan yonida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yodgorlik majmuasi barpo etilgach shahardagi eng gavjum ziyoratgohga aylandi. Koʻrkam va obod maskan kuz fasli boʻlishiga qaramay bahor tarovatiga ega boʻlib turibdi. Turfa anvoyi gullar atrofidagi kapalaklar muqaddas qadamjoning betakror, bebaho ekanligidan dalolat.




