Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik muhim vazifa
Qish mavsumining muammolarsiz oʻtishi bevosita unga koʻrilgan tayyorgarlik jarayoniga bogʻliq. Fargʻona viloyatida ham mavsumga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Qish mavsumining muammolarsiz oʻtishi bevosita unga koʻrilgan tayyorgarlik jarayoniga bogʻliq. Fargʻona viloyatida ham mavsumga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Shahar va tumanlardagi 3 ming 415 ta koʻp qavatli uy-joylardan 206 tasi taʼmirga muxtojligi aniqlangan. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarga 3,2 milliard soʻm kredit mablagʻlari ajratilishi rejalashtirilgan hamda bu borada muayyan ishlar bajarilmoqda. Hozirga qadar 189 ta koʻp qavatli uy-joylar mukammal va joriy taʼmirlandi.
Bundan tashqari aholiga qulay sharoitlarni yaratish hamda kommunal texnik sohasini yana-da rivojlantirish maqsadida “Tez kommunal xizmat” servis qisqa (1184) raqami yoʻlga quyildi. 2020-2021-yillar kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish uchun “Kuz-qish shtabi” tashkil etilgan.
Hududlarda 19,1 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari mukammal, 26 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari joriy taʼmirlanib, taʼminoti yana-da yaxshilandi. Investitsiya dasturiga asosan viloyatning issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan Quvasoy shahar RK-2 qozonxonasidagi 1 ta qozon va 2,6 kilotmetr tarmoqlarni mukammal taʼmirlash ishlari davom etmoqda. Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari mavsumga shay holatga keltirilib, belgilangan ishlar nihoyasiga yetkazilyapti.
Xoʻsh, mazkur ishlarning sifati talab darajasidami? Ularda qanday kamchiliklar bor?
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M. Soliyev boshlichiligida Respublika ishchi guruhi viloyatda boʻlib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini oʻrganmoqda. Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, tegishli mutasaddilarga zarur koʻrsatmalar berilayotir.
Ishchi guruh tomonidan Oltiariq tumani “Poloson” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 14-umumiy oʻrta taʼlim maktab, 29-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining tayyorgarlik holatlari oʻrganib chiqildi. Shundan soʻng, tuman markazidan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan Azimobod qishlogʻidagi ijtimoiy soha obyektlari- 22-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablarining isitish qozonlari, mavsum uchun ajratilgan koʻmir briket zaxiralari, ichimlik suv taʼminoti, elektr energiyasidan foydalanish talablari koʻzdan kechirildi. Masʼullarga topshiriqlar berilib, ayrim kamchiliklar shu yerning oʻzida bartaraf etilishiga erishildi.
Har yili qish mavsumida aholida koʻplab eʼtirozlar paydo boʻladi, baʼzi ijtimoiy soha obyektlarida muammolar uchraydi. Shunday boʻlmaslik uchun belgilangan chora-tadbirlarni sifatli bajarish kerak. Viloyatda ish boshlagan Respublika ishchi guruhi ham mazkur ishlarga yaqindan koʻmak beradi.