Kutubxonachilar uchun seminar-trening
Nukus shahridagi Respublika bolalar kutubxonasida «Axborot-kutubxona ishi» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi «2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaror ijrosi doirasida tashkil etilgan seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi umumta’lim maktablarining jami 100 nafar kutubxonachisi qatnashdi.
[gallery-1519]
Seminar-treningda tajribali ekspertlar tomonidan kutubxonachilarning amaliy ko‘nikmasi, bilimi hamda kasbiy mahoratini yanada oshirish maqsadiga qaratilgan dars va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA