Kursantlar fijital bahslarida raqobatlashdi
“9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari o‘rtasida fijital sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Fijital futbol (FIFA 24 futbol 2x2), fijital basketbol (3x3 EA), lazertag (taktik otish) hamda dronlar bellashuvi yo‘nalishlari bo‘yicha kechgan uch kunlik bellashuvlarda 8 ta jamoa sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qildi.




O‘tkazilgan bahslar sarhisobiga ko‘ra, fijital futbol yo‘nalishida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, fijital basketbol va lazertag o‘yinlarida Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi va dronlar bellashuvida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA