Kukurelya JCH—2026da g'olib chiqsa, terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi
Hal qiluvchi bahsda ispanlar Argentina bilan to'qnash keladi.
Ispaniya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi himoyachisi Mark Kukurelya jahon chempionligini qo'lga kiritsa, xalqaro faoliyatiga yakun yasashini ma'lum qildi.
"Agar biz jahon chempionatida g'olib chiqsak, ertasi kuniyoq de la Fuentega qo'ng'iroq qilaman va terma jamoadan ketishimni aytaman. Yevro va jahon chempionligini qo'lga kiritganingdan keyin bundan ortig'iga erisha olmaysan", — deya Kukurelyaning so'zlarini "The Touchline" nashri keltirmoqda.
Final uchrashuvi haqida:
O'yin: Ispaniya — Argentina
Sana: 19-iyul (yakshanba)
Vaqt: Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (20-iyulga o'tar kechasi)