Kuchlilar Buxoroda aniqlandi
Buxoroda 12 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida sinxron suzish bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkazildi. Unda Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan jamoalar ishtirok etdi.
Buxoroda 12 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida sinxron suzish bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkazildi. Unda Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan jamoalar ishtirok etdi.Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini, xususan, Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan suv sporti turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Buxoroda 2014 yilda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan barpo etilgan zamonaviy “Dilkusho” suzish havzasida o‘tkazilgan chempionatda qizlar yakkalik, duet, kombinatsiyalashgan, ya’ni jamoaviy yo‘nalishlar bo‘yicha bahslashdi.
Umumjamoa hisobida Toshkent shahri sportchilari birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Andijon hamda Buxoro viloyatlari vakillariga nasib etdi.
– Bugun mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan tengqurlarim bilan bahslashganimizdan juda xursandman, – deydi Buxoro viloyati terma jamoasi a’zosi Sevara Rahmonova. – To‘g‘risini aytsam, ular ham juda kuchli ekan. Musobaqada sovrindor bo‘lib, mamlakat terma jamoasi rahbarlari e’tiboriga tushganim uchun hayajonlanib ketyapman.