Kubok g‘olib va sovrindorlari aniq bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilinganidek, poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” sport majmuasida chim ustida xokkey bo‘yicha 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunlariga ko‘ra, «Andijon» jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, mamlakat kubogi sohibiga aylandi.
Musobaqada ikkinchi o‘rinni Namangan terma jamoasi egallagan bo‘lsa, Navoiy viloyati vakillari uchinchi pog‘onadan joy oldi.
[gallery-31163]
Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindor jamoalar mamlakat kubogi, medallar hamda diplomlar bilan taqdirlandi.
Mazkur musobaqa yosh sportchilarning mahoratini oshirish, ular orasidan istiqbolli iqtidor egalarini saralab olish va mamlakatimizda chim ustida xokkeyni yanada ommalashtirishga xizmat qildi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA