Kriketchilarga sport jihozlari taqdim etildi
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kriket bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi a’zolariga zamonaviy sport anjomlari va kiyimlari to‘plami taqdim etildi.
Olimpiya sport turi sanalgan kriketni yurtimizda yanada rivojlantirishga qaratilgan mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning Pokiston Islom Respublikasidagi elchixonasi hamkorligida amalga oshirildi.
Sport jihozlarini Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro gumanitar tashkilotlar boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i G‘ulomjon Primqulov O‘zbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliyevga tantanali ravishda topshirdi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda kriket yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan bo‘lib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida keng ommalashgan sport turlaridan biri hisoblanadi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida sovg‘a qilingan ushbu sport anjomlari mamlakatimizda kriketni yanada rivojlantirish, sportchilarning mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish hamda iqtidorli yosh kriketchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatli.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA