Kosmik ta’lim va texnologiyalar sohasida hamkorlik kengaydi
“O‘zbekkosmos” agentligi Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan biri – KAIST bilan kosmik ta’lim va texnologiyalar sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirib, sun’iy intellekt va dasturlash sohasida ilmiy loyihalarni amalga oshiradi hamda o‘zbek talabalari, muhandislari va tadqiqotchilari uchun yangi imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha ish olib boradi.
Bugun yosh mutaxassislar ilg‘or bilim va zamonaviy texnologiyalarga yo‘l ochmoqda. “O‘zbekkosmos” agentligi va KAIST o‘rtasida imzolangan memorandum va xalqaro hamkorlik natijasida ular yangi O‘zbekistonning kosmik taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion yechimlarni yaratadi.
A.RUSTAMOV, O‘zA