Korxonaning eksport salohiyati ortmoqda (video)
Buxoro shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Bahor Chance Textile” klaster mas’uliyati cheklangan jamiyatida paxta xomashyosidan 7 turdagi ip kalava ishlab chiqarilmoqda.
Xitoylik ta’sischilar hamkorligidagi ushbu korxonada 150 nafar kishining doimiy ish bilan bandligi ta’minlangan. Yillik mahsulot ishlab chiqarish quvvati 2 ming tonnadan iborat. Bu yerda tayyorlanayotgan ip kalava Xitoy, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. O‘tgan 2023 yilda xorijlik hamkorlarga 3 million AQSH dollari qiymatidagi mahsulot eksport qilindi.
Kelgusida mas’uliyati cheklangan jamiyatida ingichka tolali ip turini ko‘paytirish, ishchilar sonini oshirish, eksport ko‘lamini kengaytirish rejalashtirilgan.
[gallery-15681]
Ta’kidlash kerak, 2023 yilda viloyatda umumiy qiymati 245,8 million AQSH dollariga teng bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va xorijiy kredit mablag‘lari o‘zlashtirildi. Jumladan, Xitoy investitsiyalari salmog‘i ortishi natijasida bu mamlakat tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan 5 ta davlatdan biriga aylandi. So‘nggi 5 yilda o‘zaro tashqi savdo aylanmasi 2 baravarga oshdi. O‘tgan yilda Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro tashqi savdo aylanmasi 357,8 million AQSH dollarini tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 2,3 baravarga oshgan. Shu jumladan, eksport hajmi 18,7 million AQSH dollari va import hajmi 339,1 million AQSH dollariga yetdi.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/Clok1MM7wFY" title="Korxonaning eksport salohiyati ortmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA