Korxonaga 60 million so‘mlik jarima solindi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Navoiy viloyati bo‘limi tomonidan Navoiy shahrida joylashgan “H.R.S” MCHJ da har xil turdagi bimetall isitish radiator mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga ixtisoslashgan korxonada nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Natijada ushbu ishlab chiqarishda tashqi ko‘rinishi va tamg‘alanishi bo‘yicha standart talabiga nomuvofiq bo‘lgan bimetall isitish radiator mahsuloti aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qonunchilikka muvofiq, ushbu korxonaga 60 million so‘mlik moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha talabnoma kiritildi.
Gulnoza Boboyeva,O‘zA