Korxonada mahsulotlar turi ko‘paytiriladi
FOTOREPORTAJ
Navoiy shahridagi “Gidro Stanko Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida yurtimiz sanoati va qishloq xo‘jaligi uchun mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqariladi.
[gallery-9902]
Bu yerda kooperatsiya orqali 100 dan ortiq qurilma va mingdan ortiq turdagi ehtiyot qismlar mahalliylashtirilgan. Natijada 2021 yilda 12 million dollardan ziyod valyuta mablag‘larini tejashga erishilgan. Joriy yil yakuni bilan ishlab chiqarish miqdori 23 million dollar bo‘lishi kutilmoqda.
Korxonaga uskunalar Germaniya, Turkiya, Italiya va Xitoydan keltirib o‘rnatilgan. Bu yerda 370 kishining ish bilan bandligi ta’minlangan.
bugungi kunda korxonada quyuv sexi tashkil etish va mahsulotlar turini ko‘paytirish ustida ish olib borilmoqda.
A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA