Korxonada intensiv usulda baliq yetishtirilmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Sohil mahallasidagi “DB Group Eco” korxonasida noyob baliq turlari – forel va losos parvarishlanadi.
Loyiha qiymati 40 milliard so‘mni tashkil etgan korxona 2019 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Yillik mahsulot ishlab chiqarish quvvati 1500 tonnani tashkil etadi. Xo‘jalikda baliq yetishtirish intensiv usulda Yevropa tajribasiga asoslangan holda amalga oshiriladi. Baliq uvildiriqlari va ozuqasi Daniya va Germaniyadan keltirilmoqda.
[gallery-5279]
Asosan chuchuk va kislorodga to‘yingan suvlarda yashaydigan, sovuqsevar forel va losos balig‘ini yetishtirish uchun korxona hovuzlariga suv Norin daryosining o‘zidan quyiladi va suv aylanma oqim bilan yana daryoning o‘ziga qaytadi. Bunda ortiqcha suv va energiya resursi sarflanmaydi.
Baliq uvildiriqdan to tovar holatiga yetguniga qadar 1-1,5 yil vaqt davomida parvarishlanadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA