Korxona mahsulotlari eksportga yo‘naltiriladi
Yangi Namangan tumanidagi Sherbuloq mahallasida joylashgan “Detal Mash” mas’uliyati cheklangan jamiyati qopqoq klapan ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Ayni paytda korxonada 20 nafar mahalliy aholi doimiy ish bilan band.


2025-yilda korxona tomonidan ichki bozor uchun 2 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Joriy yildan boshlab Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA