Korxona ishchilari — kollej bitiruvchilari
Buxoro shahar yengil sanoat va pedagogika kollejini bitirgan Maftuna Zaripova ayni paytda “Buxara golden needle” mas’uliyati cheklangan jamiyatida mehnat qilmoqda. Kollejdagi tahsil davomida o‘quv amaliyotini shu yerda o‘tagani unga juda qo‘l kelmoqda.

Joriy yilda ish boshlagan “Buxara golden needle” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Qishloq qurilish bank”ning moliyaviy ko‘magida zamonaviy texnologiya bilan jihozlandi, ishlab chiqarishga 15 nafar tikuvchi jalb qilindi. Ularning o‘n nafari kollej bitiruvchilaridir. Ayni paytda bu yerda yigirmaga yaqin turdagi tikuvchilik mahsulotlari tayyorlanmoqda.