Korxona faoliyati va eksport salohiyati o‘rganildi
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i Shavkat To‘rayev Xiva tumanida faoliyat yuritayotgan “KHIVA CLUSTER” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish va eksport salohiyati bilan tanishdi
Mazkur korxona ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, oyiga o‘rtacha 100 ming dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ayni paytda korxonada 200 ga yaqin mahalliy aholi doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlangan.
Korxonada Germaniya davlatidan import qilingan zamonaviy asbob-uskunalar asosida ishlab chiqarish jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu mahsulot sifatini oshirish hamda eksport hajmini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
[gallery-29383]
“KHIVA CLUSTER” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan paxta ip-kalava mahsulotlari asosan Pokiston hamda Rossiya davlatlariga eksport qilinmoqda. Xususan, korxonaning 2025-yil davomidagi eksport hajmi 312,1 ming AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan 4 oyi davomida ushbu ko‘rsatkich 606,6 ming AQSH dollariga yetgani eksport salohiyati izchil oshib borayotganini ko‘rsatadi.
Muloqot jarayonida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun yaratilgan imtiyoz va qulayliklar haqida ma’lumot berilib, korxona faoliyatini yanada kengaytirish hamda eksport geografiyasini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov(surat)
O‘zA muxbiri