Koronavirusdan tuzalgan ayolning iqrori
COVID-19 kasalligidan sogʻayib, hayotga qaytgan rossiyalik ayol shifoxonadagi holat, xususan u yerda nimalarga eʼtibor berish zarurligi haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
COVID-19 kasalligidan sogʻayib, hayotga qaytgan rossiyalik ayol shifoxonadagi holat, xususan u yerda nimalarga eʼtibor berish zarurligi haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Uning aytishicha, test musbat natija berarkan, bemor aslo oʻzi yotgan xonani tark etishi kerak emas. Faqat yuvinish uchun chiqish mumkin. Qachonki, koronavirusga ketma-ket ikki marta olingan tahlil manfiy natija koʻrsatsagina, uyga javob berishadi.
“Kasalxonaga yotganlar chechak yoki gepatitga qarshi qoʻllanadigan dorilar bilan davolashlariga ham tayyor turishlari lozim. Bolalarga esa oddiy arbidol berishadi. Mabodo, yoʻtal paydo boʻlsa, ingalyatsiya buyurishadi. Darvoqe, agar sizni yotqizadigan boʻlishsa, oʻzingiz bilan sitramon va yaxshisi uyingizdagi shaxsiy aptechkangizni olvolishni unutmang”, — deydi bemor.
Bundan tashqari, yengil va qulay kiyim-kechak, poyabzal, zarur shaxsiy vositalar, sochiq va biroz yegulik, shuningdek noutbuk va telefonni quvvatlantiruvchi uskuna ham olish kerak.
Har holda, bu tavsiyalarni rossiyalik ayol bergan. Bizda esa koronavirusdan davolanayotgan, ushbu kasallik tufayli karantinga olingan yoki reabilitatsiyadan oʻtayotgan fuqarolarimiz uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Eng mayda muammolardan ham tashvishga tushishning hojati yoʻq.