Ko‘rik-tanlov g‘oliblari taqdirlandi
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi bilan hamkorlikda Bosh Qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiyamiz ranglar jilosida” mavzusida rasmlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rik-tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir va rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan maqsad, bosh qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, yoshlar ongida mustaqillik tuhfa etgan aziz ne’mat ya’ni, bugungi tinch va osuda hayotni bolalar ijodida aks ettirish, yoshlarning siyosiy bilimlari, huquqiy madaniyatini yanada oshirish, qobiliyatli yoshlarni aniqlashga qaratilgan.
[gallery-9882]
Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra g‘olib bo‘lgan Nukus shahridan Saida Jumaniyazova, Zarina Ibragimova, Miyribek Dosmaylov, Yelaman Qazakbayev, Asemay Jumabayeva hamda Sho‘manoy tumanidan Sohibjamol Qutlimuratovaga faxriy yorliq hamda planshet topshirildi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA