“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi qator davlatlardagi yondosh tuzilmalar bilan hamkorlik qilib keladi.

Jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida Janubiy Koreyaning “Ewha Womans University” bilan 2014 yil yo‘lga qo‘yilgan sheriklik doirasida har yili ushbu gospital xodimlari respublikamizda aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. Loyiha asosida ehtiyojmandlarga dori-darmon tarqatilib, insonparvarlik yordami ko‘rsatiladi. Mazkur hamkorlik natijasi o‘laroq, o‘tgan davr mobaynida jami 3467 kishi chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 35 nafar kuyish asorati mavjud bilan bemor bolada plastik operatsiya samarali amalga oshirildi.

“Ewha Womans University” tibbiy xizmatchilarining yurtimizga bu galgi tashrifi ham samarali kechdi. Tajribali mutaxassislar 5-10 fevral kunlari Toshkent shahri, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan xayriya aksiyasida jami 680 nafar bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning barchasiga zarur dori-darmon topshirildi.

G.Sattorova, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreyalik mutaxassislar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi